Savdogar va Mijozning hamkori
Dastur to'liq O'zbek tilida va barcha vazifalar sodda tartibda ishlangan
Fraydey barcha mahsulotlar va do'konlar uchun `Cloud` vazifasini o'taydi, istalgan vaqt bu ma'lumotlardan foydalanish afzalligini beradi
Savdogarning va har bir mijozning xavfsizligi Fraydey jamoasi uchun eng katta ma'suliyat
Ilovadan foydalanish bo'yicha qisqa darslarimiz ham mavjud! Youtube sahifamiz : Fraydey UZ
Har bir saqlangan mahsulotni `Mahsulotlar` bo'limi orqali ko'rish mumkin
Savdogar o'z savdosida stabillikga erishishi va barcha afzalliklardan to'liq foydalanishi uchun o'z do'konidagi mahsulotlarni har birini qo'shib chiqishi lozim.
Foydalanuvchi qarzga berilgan yoki qarzga olingan mahsulotlarni barchasini `Qarzlar` bo'limidan ko'ra oladi.
Bu bo'limning maqsadi har bir savdogar olib kelgan va sotgan mahsulotlarini qarz bo'lgan holatda kuzatib, o'z vaqtida to'lanishini ta'minlaydi.
Butun do'kon byudjeti, hamda barcha mahsulotlarni, ularning foydasini bir vaqtni o'zida ko'rish imkoniyati
Analitika bo'limi savdogarning oylik va butun qilgan savdosi haqida to'liq grafik ma'lumotlarni ta'minlaydi, do'kon ma'lum vaqt davomida foyda yoki ziyon qilayotganini aniqlash imkoniyati.
Ro'yxatdan o'tgan savdogarlar `Forum` bo'limi orqali boshqa savdogarlarni ko'rishlari mumkin
Albatta bu bo'lim hozirda to'liq ishlab chiqilmoqda, `Forum` savdogarlar boshqa savdogar bilan aloqa qilishi va ularning do'konlari haqida ayrim ma'lumotlarga ega bo'lishlari uchun xizmat qiladi.
Ro'yxatdan o'tish tizimi juda sodda ortiqcha ma'lumot talab qilinmaydi. Qo'shimcha ma'lumotlar savdogarning do'koni `Forum` da yaxshi tarqalishiga xizmat qiladi.
Do'koningizdagi mahsulotlarni qo'shib chiqishingiz bilan dasturdan maksimal foyda olishni boshlaysiz. Albatta mahsulotlar bir vaqtda qo'shilishi shart emas.
Savdoni amalga oshirganingizda osongina mahsulotni dastur orqali yangilang va hisoblashni `Fraydey` ga qo'yib bering
Bu dastur menga judayam qo'l keldi va unumli foydalanayapman... undagi eslatmalar, kirim chiqim hisob kitobini bemalol amalga oshirish mumkin, biznesdagi ishlar yengillab vaqt tejaladi. Bu ilova manga juda ham qo'l keldi, ishlab chiqaruvchilarga chuqur minnatdorchilik bildirib o'taman!
Jizzax
Yo'q, hozirda dastur foydalanuvchilarga mutlaqo bepul taqdim etilmoqda
Har bir savdogar o'z savdosida stabillikga erishishni, yil davomida maksimal foyda olishni rejalashtiradi, ammo vaqt o'tgan sari hamma narsaga ulgurmasliklari mumkin. Dastur esa ular yaratgan, sotgan barcha mahsulotlarini saqlab hisoblab boradi.
Ayni vaqtda faqat Savdogarlar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Kelgusi yangilanishlarda xaridorlar modeli qo'shilishi rejalashtirilgan, va ular ham bevosita bozor mahsulotlarini onlayn ko'rish, do'kon haqida ma'lumot olishga ega bo'lishadi.
Barcha Android va iOS foydalanuvchilari uchun dastur Play Market va App Storeda doimiy yangilanib boradi.
*iOS 10.0.5+, Android Kitkat va yuqori versiyalarda ishlaydi